TURKIYA OTMLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI YANADA MUSTAHKAMLANADI

20.12.2024

Qo‘qon davlat pedagogika instituti vakillari shu yilning 16-20-dekabr kunlari Turkiya davlatining Hojitepa universiteti va Istanbul universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida oliygohlari o‘rtasida yaqin va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Shu bilan birgalikda institut vakillari Turkiya parlamenti deputati, Turkiya va O‘zbekiston parlamenti do‘stlik guruhi rahbari Usmon Mesten bilan ham uchrashib O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va ikki qardosh millat talabalari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini kengaytirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar yuzasidan fikr almashildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × two =