“TURKIYA STIPENDIYALARI” DASTURI ASOSIDA TAHSIL OLISH KENGAYADI

21.11.2024

20-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorijiy turklar va qavm jamiyatlar idorasi raisi Abdulloh Eren boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi turk-oʻzbek hamkorligini yanada kengaytirish va rivojlantirish, xususan, Xorijiy turklar va qavm jamiyatlar idorasi tomonidan beriladigan “Turkiya stipendiyalari” dasturini oʻzbek tomoniga yaqindan tanishtirish masalalarini muhokama qildilar.

Muloqot davomida ajratiladigan grant oʻrinlarini (kvotalarni) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda aniq yoʻnalishlarda ajratishi mumkinligini taklif qilindi.

Vazir Q.Sharipov hozirgi kunda mashinasozlik, yashil energetika, oziq-ovqat xavfsizligi, sunʼiy intellekt hamda tibbiyot sohalari dolzarb hisoblanib, Turkiya OTMlarida oʻqishga yuboriladigan Oʻzbekiston fuqarolariga ushbu yoʻnalishlarda kvotalar ajratish mumkinligi bildirdi.

Shuningdek, tomonlar kasbiy taʼlim boʻyicha ham muzokaralar olib bordilar. Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari turk tili professor-oʻqituvchilari uchun “Taʼlim-Sayohat” nomli qisqa muddatli stajirovka oʻtash kurslarini tashkil etishga kelishildi. 

Xorijiy turklar va qavm jamiyatlar idorasi har yili davlat byudjeti hisobidan Turkiya davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻqish istagini bildirgan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga 3500 ta stipendiyalar (grantlar) ajratadi. 

Hozirgi kunda Turkiya oliygohlarida 370 nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqishmoqda, shuningdek, 2024-yilda ushbu grantga 211 nafar fuqaro hujjat topshirgan boʻlib, ulardan 130 nafari grant asosida tahsil olish uchun tanlab olingan.

 “Turkiya stipendiyalari”ni olish uchun talabgor onlayn tarzda har yil 15-yanvardan 20-fevralgacha shaxsan oʻzi tegishli hujjatlarni hamda tavsiyanomalarni biriktirgan holda idora veb-saytiga murojaat (ariza) yuborishi talab etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − three =