TURKIYA VA O’ZBEKISTON OTMLARI HAMKORLIGIDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLANADI

05.02.2020

Turkiya O‘zbekistonning ta’lim sohasida ham eng yaqin hamkorlaridan biridir. Bu boradagi ishlar, ayniqsa, ikki davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlaridan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi.

Aynan shu hamkorlikning ilk debochasi sifatida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Anqara Hoji Bayram Vali universiteti Qo‘shma dasturi asosida tashkil etilgan «Sayohatni boshqarish va gid hamrohligi» magistratura mutaxassisligi ko‘pchilikning e’tiborini tortgani tabiiy.

2019/2020-o‘quv yilida mazkur mutaxassislik bo‘yicha kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar iqtidorli yoshlar talabalikka qabul qilindi.

Shartnomada belgilanganidek, bugungi kunda ular, o‘quv yilining ikkinchi qismini Turkiyaning Hoji Bayram Vali universitetida davom ettirmoqdalar.

Magistr talabalar o‘zbek millatining boy ma’naviy qadriyatlarini, o‘ziga xos milliy urf-odatlarini, tili va adabiyotini, tarixini puxta bilishlari, o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida o‘z fikrlarini ifodalab bera olishlari zarurdir. Bu esa O‘zbekistonning turizm salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi yirik qadam sanaladi. Turkiyadagi hamkor OTM tomonidan tashkil etilgan bir semestrlik o‘quv jarayonlari davomida bo‘lg‘usi mutaxassislarga zamonaviy sayohatni boshqarish malakasi, turistlar bilan ishlash va turistik markazlar jozibadorligini oshirish yo‘llari puxta o‘rgatiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − 9 =