UNIVERSITETIDA O‘QIB TURIB XALQARO TAN OLINGAN INGLIZ TILINI BILISH SERTIFIKATINI OLISH IMKONI YARATILDI

22.09.2022

Endi xalqaro tan olingan Ingliz tilini bilish sertifikatini siz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘qib turib qo‘lga kiritishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 19 maydagi 5117-sonli qarorini ijro etish maqsadida O‘zDJTU bazasida TOEFL iTP, TOEIC, TOEFL iBT sertifikatlarini berish tizimi ishga tushirildi.

Ushbu sertifikatlar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda ishtirok etishi huquqini beradi.

ETS Global (TOEFL iTP, TOEIC, TOEFL iBT) tomonidan akkreditatsiya qilingan Test Markazi bilan bog’lanish uchun https://t.me/toefl_uz (https://t.me/toefl_uz ga murojaat qiling.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + eight =