UYDA QOLING: KARANTIN PAYTIDA BEPUL ONLAYN DARSLAR

25.03.2020

Koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin odatiy faoliyat va ishlarni tark etish uchun sabab emas. Uyda ham vaqtdan unumli foydalaning, masalan, bu davrda o’z o’qishingizni davom ettirishingiz mumkin. Shunda siz maktabda yoki universitetda o’tkazib yuborilgan dars soatlarini tezda o’zlashtirib olasiz.

Sizga onlayn rejimda ta’lim olish mumkin bo’lgan jahon miqyosidagi kurslar top-5taligi ro’yxatini keltiramiz:

Coursera

Bepul va pulli kurslar mavjud.

Ushbu platforma karantin vaqtida muhim dars soatlarini o’tkazib yubormaslik va o’qishni davom ettirishni istagan talabalar uchun yordamchidir. Sayt butun dunyodagi universitetlardan 400 mutaxassislik bo’yicha 3800 dan ortiq materiallardan iborat.

Radio Arzamas 

Karantin davrida bepul obuna — Promo-kod KARANTIN (15-aprelgacha amal qiladi).

Resurs madaniy bilimlarni oshirishga yordam beradi . Bu yerda siz eng yangi kurslar, podkastlar va audio materiallarni topasiz.

Texnopark va Mail.ru Group

Bepul

Video ma’ruzalar ma’lumotlar bazalari bilan shug’ullanadiganlar uchun qo’l keladi. Ochiq kurslarda dasturlash tillari, ma’lumotlarni tahlil qilish, kiberxavfsizlik, mobil rivojlanish va boshqa foydali mavzular asoslari mavjud.

Akademiya Microsoft

Bepul

Dasturlash va kompyuter savodxonligi asoslarini o’rganish uchun ajoyib imkoniyat. Resurs texnologiya bilan shug’ullana boshlaganlar bilan bir qatorda ko’nikmalarni yangilashni istagan tajribali IT mutaxassislariga ham mos keladi. Ko’plab amaliy mashg’ulotlar mavjud.

BBC Learning English

Bepul

BBC tomonidan bepul ingliz tili darslari taqdim etilmoqda. Qisqa va yorqin videolar yordamida til o’rganish ko’nikmangizni yanada mustahkamlang. Ko’p amaliyot zerikishga vaqt qoldirmaydi. Darslar til darajasini oshirishni istagan har bir kishi uchun qo’l keladi.

Manba

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × four =