«UZBEKISTAN RESEARCH ONLINE» ILMIY JURNALLARI PLATFORMASI YARATILMOQDA

04.10.2019

Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi O’zbekistonning  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda «Uzbekistan Research Online» ilmiy jurnallarining birinchi portalini ishga tushirmoqda.

Bu – 24 ta fan yo’nalishlari bo’yicha Scopus texnik standartlariga javob beradigan, ikki martalik anonim taqriz berish xususiyatiga ega bo’lgan oltmish oliy o’quv yurti xalqaro kalibrli jurnallari portalidir.

Ilmiy jurnal sifatini yaxshilash, Scopus bo’yicha savollar – bularning barchasiga joriy yilning 7-oktabr kuni soat 15.00da Webster Universitetida bo’lib o’tadigan «Uzbekistan Research Online» ilmiy jurnallar platformasining tantanali ochilish marosimida javob topish imkoni mavjud.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

7 + 14 =