«UZBEKISTAN RESEARCH ONLINE» PLATFORMASIDAGI INGLIZ TILIDAGI MAQOLALAR XORIJIY ILMIY NASHRLARGA TENGLASHTIRILADI

03.08.2020

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Uzbekistan Research Online» platformasida chop etilgan ingliz tilidagi maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan maqolalarga tenglashtiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi hamkorligida 2018-yildan amalga oshirilayotgan “Ilm-fan – 2020” dasturi doirasida ishlab chiqilgan «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasidagi jurnallarda ingliz tilida e’lon qilingan maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirildi.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020-yil 30-iyuldagi qarori qabul qilindi.

Endilikda “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatida”gi fan tarmoqlari bo‘yicha Digital Commons platformasi negizidagi «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasiga kiritilgan respublika oliy ta’lim muassasalarining 41 ta jurnalida yetakchi xorijiy olim-mutaxassislar taqrizidan o‘tkazilgan holda ingliz tilida chop etilgan maqolalar dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalarga tenglashtiriladi.

Mazkur imkoniyat yurtimiz yosh olimlari va tadqiqotchilari o‘z ilmiy ishlari natijalarini e’lon qilishda yillar davomida to‘qnash kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etadi hamda OTMlar ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi, respublikamiz ilm-fan yutuqlarini jahon ilmiy hamjamiyatiga taqdim etish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

«Uzbekistan Research Online» platformasida yurtimiz OTMlarining 41 ta ilmiy jurnali birlashtirgan bo‘lib, unda ikki marta anonim taqrizdan o‘tkazish (double-blind peer review) konfiguratsiyasini qo‘llash imkoni mavjud va xalqaro standartlarga javob beradi.

Uzjournals.edu.uzdagi jurnallar ro‘yxati bilan tanishish

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 − 4 =