ARIZONA UNIVERSITETINING BIR QATOR PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURISHDI

03.06.2022

Bugun, 3 iyun kuni, Arizona universitetining bir qator mutahassis va professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida AQShlik mehmonlarga universitet haqida batafsil ma’lumot berilib, uning hayotidan videolavhalar namoish etildi. So‘ng O‘zDJTU va Arizona universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “Xalqaro masofaviy loyiha” yuzasidan, “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun oz’bek tili A1” interaktiv darsligi haqida ma’lumot berildi. Qolaversa, universitet magistranti tomonidan yaratilgan 8 tilni o‘rgatuvchi robot taqdimoti barcha yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar tomodina ijro etilgan badiiy chiqishlar tadbirga samimiy yakun yasadi.

Shu kuni, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari AQShdan kelgan mutahassislar bilan yaqindan muloqot qildilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki tomonlama xalqaro hamkorlik doirasida jonli muloqotni yo‘lga qo‘yish, yuzma-yuz uchrashuv davomida lohalar muhokamasi, tajriba almashish, hamda ilmiy, ma’daniy va ma’rifiy ta’limni kuchaytirishdan iborat bo’ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 − fourteen =