VEBSTER UNIVERSITETI PREZIDENTI TAQDIRLANDI

20.05.2024

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vebster universiteti prezidenti Julian Shuster bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar Toshkent shahridagi Vebster universiteti faoliyatini takomillashtirish, taʼlim va ilmiy faoliyatning turli yoʻnalishlarida aloqalarni kuchaytirish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, qoʻshma ilmiy-amaliy forumlar tashkil etish hamda qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tizimli yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar texnika va muhandislik sohasidagi fanlarni rivojlantirish hamda bu sohalarda kadrlar tayyorlash bo’yicha hamkorlikka yanada ko’proq e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar. Xususan, energetika va muqobil energiya manbalari, axborot texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, kimyo sanoati texnologiyalari, qishloq xo’jaligi, tibbiyot va farmatsevtika kabi tarmoqlarda kadrlar tayyorlashda yangi bosqichga o’tish masalasi muhokama qilindi.


Ta’kidlash kerakki, Toshkent shahridagi Vebster universiteti ilk faoliyat davrida 300 nafar talaba qabul qilgan bo’lsa, bugungi kunda bu raqam 4300 nafarga yetgan. Uchrashuvda talabalar sonini bosqichma-bosqich oshirish va ularning orasida MDH hamda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari sonini ko’paytirish zarurligi ham qayd etildi.

Uchrashuv yakunida vazir Q. Sharipov Vebster universiteti prezidenti Julian Shusterni «Oliy ta’lim a’lochisi» ko’krak nishoni bilan mukofotladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − 14 =