VEBSTER UNIVERSITETINING XORIJIY KAMPUSLAR BOSH DIREKTORI RAYAN GAFFI O’ZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

28.10.2023

AQSHdagi Vebster universitetining xorijiy mamlakatlardagi kampuslari bosh direktori Rayan Gaffi, Toshkentdagi Vebster universiteti ijrochi rektori Rasul Raxmonov, universitet masʼul xodimi Ulugʻbek Shukurullayevlardan iborat universitet vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Vebster universiteti bilan ta’lim sohasida kengaytirilgan shartnoma tuzish, intensiv kurslar tashkil qilinish, OʻzDJTUda Ingliz tilini xorijiy til sifatida oʻqitish (MA in TEFL) magistratura dasturini davom ettirish masalalari, boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − seven =