VENESUELA ELCHISI BILAN TA’LIM SOHASIDA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
12.12.2024Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Venesuelaning mamlakatimizdagi (qarorgohi Ostona shahrida) Favqulodda va Muxtor elchisi Rosalba Lo Bue Antiko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov elchini lavozimga yangi tayinlangani bilan chin dildan tabriklab, hozirgi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar, respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy va kasbiy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.
So‘nggi yillarda respublikamiz uchun ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari sifatida muhandislik, tibbiyot, axborot-texnologiyalari, transport, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, geologiya, innovatsion texnologiyalar, metallurgiya, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalari kabi sohalar maqsad qilingani, shuningdek, xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘z navbatida elchi Venesuela fuqarolarining xorijiy oliygohlarda ta’lim olishi uchun grant ajratadigan “Gran Mariskal De Ayakucho” (Fundayakucho) jamg‘armasi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishiga kelishib oldilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.