XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI «ENG YAXSHI G’OYA MUALLIFI» TANLOVINI E’LON QILDI

02.03.2021

Xalq ta’limi vazirligi «Eng yaxshi g’oya muallifi» tanlovini e’lon qiladi. Tanlov turli yo’nalishlar bo’yicha o’tkazib boriladi.

Joriy yilning mart oyida «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirish» yo’nalishida tanlov tashkil etilib, eng yaxshi g’oya muallifi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun: «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirish» mavzusida g’oya va takliflaringizni idea.uzedu.uz portaliga joylashtiring.

G’oya va takliflar har oyning oxirgi sanasiga qadar qabul qilinadi!

Batafsil ma’lumot uchun: https://idea.uzedu.uz/uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen + 4 =