XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN TANLOV E’LON QILADI

12.03.2021

Jamiyatda o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, ota-onalar hamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi jurnalist va blogerlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:

  • eng yaxshi bosma OAV jurnalisti;
  • eng yaxshi internet nashr jurnalisti;
  • eng yaxshi tele-jurnalist;
  • eng yaxshi radio-jurnalisti;
  • eng yaxshi fotosuratchi;
  • eng yaxshi bloger;
  • eng yaxshi videolavha.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’at tomonidan baholanadi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan jurnalistlar o‘z ishlarini @tanlov_xtvbot manziliga yuborishlari lozim.

Ijodiy ishlar 2021-yilning 13-martidan 1-iyunigacha bo‘lgan davrda taqdim etilishi va shu davr oralig‘ida e’lon qilingan bo‘lishi shart.

Tanlov g‘oliblari 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami arafasida e’lon qilinadi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Batafsil: http://uzedu.uz/oz/zurnalist-va-blogerlar-urtasida-tanlov

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 3 =