XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: “BUXORODA ISLOM MADANIYATINI MODERNIZATSIYALASH VA TURIZMNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”

07.02.2020

Islom ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti 2019-yil 18-dekabrda Tunisda bo‘lib o‘tgan XI Islom konferensiyasida 2020-yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxtlari sifatida tasdiqlandi.

Shu munosabat bilan Buxoro davlat universitetida 2020-yil 24-fevral kuni “Buxoroda islom madaniyatini modernizatsiyalash va turizmni barqaror rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Anjumanning maqsadi: Buxoroda ziyorat turizmini shakllantirish asosida O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish yo‘llarini topish.

ANJUMAN QUYIDAGI SHO’BALARDA FAOLIYAT KO‘RSATADI:

1-sho‘ba. Islom madaniyati: mohiyati, o‘ziga xosligi va uni takomillashtirish yo‘llari;
2-sho‘ba. Buxoroda ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari;
3-sho‘ba. Ziyorat turizmini rivojlantirishda xorij tajribasini qo‘llash yo‘llari;
4-sho‘ba. Islom madaniyatini rivojlantirishda innovatsion yondoshuv;
5-sho‘ba. Turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash: muammo va yechimlar;
6-sho‘ba Turizmni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari;
7- sho‘ba. Agroturizmni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari.

Anjuman materiallari bo‘yicha ma’ruzalar to‘plami chop etiladi. Quyida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan ma’ruza va tezislaringizni 2020-yil 10-fevralgacha tashkiliy qo‘mitaga jo‘natishingizni so‘raymiz.

Pochta manzili: 200117, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi 11-uy. Buxoro davlat unversiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti 2-bino, 5-qavat 522-xona. Anjuman o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita. Elektron pochta: istam9229@gmail.com yoki TELEGRAM: +99890 7156861 orqali jo‘natish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Davronov Istamxo‘ja Olimovich, Farmanov Erkin Alimovich (telegram: +99890 715 68 61, +99891 447 24 97 istam9229@gmail.com e.farmanov.bsu@gmail.com ) ga murojaat etish mumkin.

Ma’ruzalarni rasmiylashtirishga doir talablar:

1. Ma’ruzalar matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

2. Ma’ruzalar A4 o‘lchamdagi qog‘ozda, qator oralari 1,15 interval, 14 shriftda, betdagi chegaralar chapdan 30 mm, o‘ng, yuqori va pastki chegaralari 20 mm bo‘lishi lozim. Ma’ruzaning elektron varianti Microsoft Word dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda jo‘natilishi kerak.

3. Chap chegaradan katta harflar bilan 1 intervalda ma’ruza nomi, 3 interval pastdan kichik harflarda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi yozilsin.

4. Maqola va tezislarda keltirilgan ma’lumotlarga muallifning shaxsan o‘zi javobgar bo‘ladi.

5. Yuqoridagi talablarga javob bermagan maqola va tezislar chop etilmaydi.

6. Anjumanning tashkiliy qo‘mitasi to‘plam nashri va boshqa tashliliy xarajatlarni o‘z bo‘yniga oladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + 9 =