XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN ANJUMAN: “RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA NEMIS TILINI O‘QITISH”

15.09.2020

2020 yil 27-28 noyabr kunlari «Raqamli texnologiyalar davrida nemis tilini o‘qitish» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkaziladi.

Anjuman O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekistondagi Gyote instituti, Germaniya Akademik Almashuv Xizmati (DAAD)ning “Dhoch3” ta’lim dasturi hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali – FLEDU.UZ hamkorligida tashkillashtirilmoqda. Anjuman zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini, yangi o‘quv dasturlarni, hamda texnik va uslubiy ishlanmalarni aks ettirishga qaratilgan.

ANJUMANNING MAQSADI — ta’lim sohasi, xususan, chet tillarini o‘qitish sohasidagi innovatsion texnologiyalar, yangi o‘quv-uslubiy va texnik imkoniyatlar, zamonaviy pedagogika muammolari va dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy fikr-mulohazalar almashishdan iborat.
Anjuman ta’limning barcha bosqichlarida nemis tilini o‘qitish jarayoniga eng so‘nggi tadqiqotlari, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribani joriy etish natijalarini o‘z ichiga oladi.
ANJUMAN ISHCHI TILLARI: nemis, o‘zbek va rus tillari.

ANJUMANNING ASOSIY YO‘NALISHLARI:

  • Oliy ta’lim tizimida DLL – dasturi: amaliyotda qo‘llash, natija va muammolar.
  • Uzluksiz ta’lim (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim) tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar (smart-dasturlar, raqamli ilovalar, yangi ta’lim yo‘nalishlari: MINT, CLIL v.b.).
  • Nemis tili bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida zamonaviy dasturlar va raqamli texnologiyalar.
  • Nemis tili bo‘yicha multimediyaviy o‘quv materiallari va onlayn resurslarni yaratish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish.
  • Nemis tilini onlayn-masofaviy o‘qitishning muammolari.

ANJUMANNI O‘TKAZISH VAQTI: 27-28 noyabr, 2020 yil.

Tezislar joriy yilning 15-oktyabriga qadar elektron shaklda conference.uzspic@gmail.com elektron pochta yoki +99899 6304923 Telegram manzili orqali qabul qilinadi (e’lon qilinish sanasi 30 oktyabr).

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi havola orqali anjuman axborot xati bilan tanishishingiz mumkin:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seven + eight =