XALQARO INSHOLAR TANLOVI – BRISTOL SHORT STORY PRIZE

17.02.2020

Muddat: 2020-yil 30-aprel

Qachon: har yili

Qayerda: Buyuk Britaniya

Grant: 1000£ va insho jurnalda chop etiladi

Bristol Short Story Prize – 3 oyda bir marta chop etiladigan Bristol Review of Books madaniy jurnali muharrirlari tomonidan 2007-yilda ta’sis etilgan yozuvchilar xalqaro tanlovi hisoblanadi. Tanlovga har qanday yozuvchilardan hikoyalar qabul qilinadi. Mualliflar dunyoning istalgan joyida istiqomat qilishlari mumkin.

Mualliflar bir necha hikoyalarni yuborishlari mumkin. Bristol Short Story Prize sovrini uchun taqdim etilgan har bir hikoya uchun 9£ (funt sterling) undiriladi.

Sovrinlar:

• Birinchi o‘rin – 1000£

• Ikkinchi o‘rin – 500£

• Uchinchi o‘rin – 250£

• Bundan tashqari, 17 ta ishtirokchiga 100£ dan sovg‘a qilinadi

Sovrindorlarning ishlari “Bristol Short Story Prize”ning 13-antologiya to‘plamida nashr etiladi.

Talablar:

• Ishtirokchilar 2020-yil 30-aprel sanasida 16 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim.

• Hikoyalar ingliz tilida qabul qilinadi.

• Hikoyaning maksimal uzunligi – 4000 ta so‘z (sarlavhadan tashqari), minimal cheklov yo‘q.

• Hikoyalar istalgan mavzuda va istalgan uslubda bo‘lishi mumkin: grafik, she’riy yoki janrli (kriminal, ilmiy fantastika, fentezi, tarixiy, sevgi-muhabbat, bolalar uchun va h.k.)

• Hikoyalar to‘liq ishtirokchining mustaqil ishi bo‘lishi va avval bosma yoki onlayn shaklda nashr qilinmagan bo‘lishi lozim.

Batafsil rasmiy saytda: https://www.bristolprize.co.uk/  

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × three =