2024-yil 3-yanvar kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida Xalqaro hamkorlik aloqalariga bag’ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Fakultetning kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar va pedagog xodimlar uchun tashkil etilgan oʻquv-seminarda OʻzDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektori A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yo’ldashev taqdimot namoyish etdi. Shuningdek, masʼullar X.Alimova, A.Jo’rayev moderator sifatida ishtirok etdi.
Trening davomida, OʻzDJTUda Xalqaro aloqalarning taʼlim sifatiga taʼsiri haqida gapirib oʻtildi. Xorijiy OTMlar bilan universitetimiz oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumlari va shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro reytinglarda munosib oʻrnini topish tamoyillari oʻrtaga tashlanib, muhokama qilindi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.