XALQARO JURNALISTIKA FAKULTETIGA KOREYALIK MEHMONLAR TASHRIF BUYURDI

01.12.2023

Janubiy Koreya Respublikasining turli soha vakillaridan iborat delegatsiyasi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetiga tashrif buyurdi.

Toshkent viloyati Angren shahrida ochilishi mo’ljallanayotgan yangi ta’lim muassasasida jurnalist kadrlar tayyorlash ko’zda tutilgan. Tashrifdan ko’zlangan maqsad, Xalqaro jurnalistika fakultetining tajribasi bilan tanishish, nazariy va amaliy ko’nikmalar bilan o’rtoqlashish bo’ldi.

Mehmonlar fakultet hayoti, jumladan dars jarayonlari, kafedralar, media markaz bilan yaqindan tanishdilar.