XALQARO JURNALLARGA MAQOLA YOZISH BO‘YICHA SEMINAR

26.02.2021

Lester universiteti va O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda yosh tadqiqotchilar (ERC) uchun 2021-yilning 4-5-mart kunlari xalqaro jurnallarga maqolalar yozish bo‘yicha seminar tashkil etilmoqda.

Seminar kreativ, tadbirkorlik va iqtisodiyotdagi innovatsiyalarga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu mavzularda ijtimoiy fanlar bo‘yicha ilmiy nashrlar uchun qanday maqolalar yozish haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Seminar mashg‘ulotlari uch masalani qamrab oladi: nashir qilish uchun maqolalarni takomillashtirish; muharrirlar talablari bilan muloqot; grant jalb qilish.

Ushbu seminar yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, quyidagi masalalarni qamrab oladi:

1) yuqori sifatli qo‘lyozmalarni, maqolalarni tayyorlash;

2) ingliz tilidagi yuqori darajadagi jurnallarga taqdim etishdan oldin loyiha maqolalarni yozish;

3) muharrirlar talablariga javob beradigan maqolalarni tayyorlash;

4) grantlarni qo‘lga kiritish mexanizmlarini tushunish va grant dasturlarini tuzish bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar.

Yosh tadqiqotchilar ushbu seminarda ishtirok etishlari uchun 2021-yilning 26- fevraliga qadar quyidagi formani to‘ldirishlari kerak. Tadbir Zoom platformasida rus tiliga tarjima qilingan holda tashkil etiladi.

Formaga havola:

https://forms.office.com/Pages/ResponsePage.aspx?id=wXVirt3MRkCyoWJFosyj7IuZTIIU2odAuNA4va2nfQ5UOUpPVDZOTDI4VlJMWVlGRkhJUldYSDBZTi4u

Batafsil: http://eyuf.uz/site/view?id=317

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + five =