XALQARO TALABALARGA BEPUL TA’LIM BERADIGAN 10 MAMLAKAT

29.03.2021

Har bir talaba oliy ta’lim olish uchun xorijga borishni orzu qiladi. Xorijiy mamlakatlarda ta’limning ko’lami va infratuzilmasi (Infratuzilma (lot. infra – ostida) — moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi) yetarlicha rivojlangan va u yerda minglab kurslar mavjud. Ammo o’qish uchun to’lanadigan yuqori narxdagi to’lovlar va yashash xarajatini qoplash o’rta sinf oilasidan chiqqan odamlar uchun qimmatlik qiladi.

Bu maqola orqali siz chet ellik talabalarga bepul ta’limni tavsiya qiladigan mamlakatlar 10 taligi bilan tanishishingiz mumkin, ya’ni siz oliy ma’lumotni bepul ravishda davom ettirishingiz, faqat yashash uchungina pul sarflashingiz mumkin va bu xorijda o’qish uchun eng katta imtiyozlardan biridir.

Shunday qilib, agar siz chet elda o’qishni orzu qilsangiz yoki qachonlardir orzu qilgan bo’lsangiz, bu yerda eng kam xarajat evaziga oliy ma’lumot olish mumkin bo’lgan 10 ta mamlakat bilan tanishishingiz mumkin.

1. Germaniya

Shubhasiz, bepul ta’lim olish imkoniga ega bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida Germaniya birinchi o’rinda turadi. Deyarli barcha davlat universitetlarida o’qish uchun to’lov olinmaydi. Talabalar ayrim paytlarda to’lashi kerak bo’lgan ma’muriy to’lov bu —  administratsiya (qabul) to’lovi bo’lib, bizning mamlakatimiz bilan taqqoslaganda, minimal va yetarlicha oz miqdorni tashkil qiladi. Germaniyada ingliz tili umumiy til va u yerda taklif qilingan kurslar ham ingliz tilida bo’lishi chet ellik talabalarning ushbu mamlakatda oliy ma’lumot olishlarini osonlashtiradi.

2. Norvegiya

Norvegiya bu — bakalavriat, aspirantura yoki doktorlik darajasini olish uchun bir tiyin sarflanmaydigan yana bir mamlakat. Buning sababi shundaki, hukumat mamlakatdagi ta’limni soliq to’lovchilarning pullari bilan moliyalashtiradi. Biroq Norvegiyaning aksariyat eng yaxshi universitetlari norveg tilida ta’lim berishadi, shuning uchun siz tilni o’rganishingiz va malaka testidan o’tishingiz kerak bo’ladi.

3. Shvetsiya

Shvetsiya universitetlari to’lovsiz ta’limni  taklif qiladi. Bu shved va shved bo’lmagan millat talabalarining har ikkisi uchun ham amal qiladi. Agar siz biror-bir Shvetsiya universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqlamoqchi bo’lsangiz, ilmiy ishingiz uchun haq olasiz. Bundan tashqari, Shvetsiyadagi universitetlar xalqaro talabalarga may oyida stipendiya taklif qilishadi. Shvetsiyadagi xalqaro talabalar uchun mashhur bo’lgan universitetlar qatoriga Karolinska Instituti, Uppsala universiteti va Stokgolm universiteti kiradi.

4. Avstriya

Avstriya universitetlarida ta’lim narxi juda past. Xalqaro talabalar faqat ro’yxatdan o’tish paytida nominal (kam miqdordagi) to’lovni to’lashlari kerak. Shuningdek, Avstriya ko’plab ilg’or mavzular bo’yicha diplom dasturlarini taklif etadi. Barcha mamlakatlar talabalarining oliy ma’lumot olishlari uchun qulay muhit va arzon yashash narxi Avstriyani ideal joyga aylantiradi. Xalqaro talabalar uchun Avstriyadagi eng yaxshi universitetlar Vena universiteti va Insbruk universiteti.

5. Finlandiya 

Finlyandiyada oliy ma’lumot, ayniqsa, aspirantura va doktorantura darajasida bepul. Finlyandiya loyihalashtirish, arxitektura, aloqa va hokazolar bo’yicha kurslar bilan mashhur bo’lib, ushbu mamlakatda amaliy asosda ta’lim beradigan bir qancha mashhur politexnika kollejlari bor.

6. Chexiya

Chexiyada 37000 dan ortiq xalqaro talabalar ta’lim oladi. Chexiya Respublikasining eng yaxshi universitetlarida tibbiyot, muhandislik va tabiiy fanlar bo’yicha kurslar mavjud. Ta’lim, asosan, chex tilida olib boriladi; shunga qaramay, ingliz tilida ta’lim beradigan universitetlari ham talaygina. Mamlakat modernizatsiya bilan qorishtirilgan boy madaniy merosning mukammal birlashmasidir.

7. Fransiya

Fransiya manzarali go’zallik va ta’lim jihatidan ham juda chiroyli mamlakatdir. Ta’lim tizimi juda rivojlangan. Bu yerda chet ellik talabalar uchun o’quv to’lovi deyarli bepul va mavjud bo’lgan universitetlarning turli xil ijodiy va asosiy kurslarini tanlash imkoniyati bor. Jahon reytingiga ko’ra, butun dunyo bo’ylab talabalarga jahon darajasida ta’lim beradigan 39 ta universitet Fransiyada.

TOEFL ballari Fransiyaga kirish uchun amal qiladi.

8. Belgiya 

Belgiya talabalarga infratuzilma bilan ham amaliy, ham nazariy ta’lim olishlariga imkon beradigan rivojlangan sifatli ta’limni taklif etadi. O’qish uchun to’lov ham juda arzon va kurslarni tugatgandan so’ng yaxshi ishlarga joylashish mumkin. Belgiyaning eng yaxshi universitetlari Gent universiteti va Bryussel universiteti.

9. Gretsiya 

Gretsiyada yashash narxi minimal darajada. Aspirantura va doktorantura uchun Gretsiyadagi eng yaxshi kollejlarga kirish mumkin. Bu yerda taqdim etilgan kurslarning aksariyati ingliz tilida. Bu mamlakat Aflotun va Aristotel kabi faylasuflar bilan boy tarixga ega va qadimgi dunyo ta’lim tizimiga katta hissa qo’shgan. Yunonistondagi zamonaviy oliy ma’lumot ham qadimgi zamonlar darajasidek yuqori sifatli.

10. Ispaniya

Ispaniya hali ro’yxatdan hech tushmagan mamlakat. Siz bu yerda juda arzon narxlarda o’qishingiz va bakalavrdan doktorlik darajasigacha bo’lgan bosqichdagi ta’limni egallashingiz mumkin. Ta’limning yuqori sifatidan tashqari, siz ushbu mamlakatning boy madaniyatiga ham guvoh bo’lasiz. Ispaniyaning xalqaro talabalar uchun eng yaxshi universitetlari qatoriga Barselona universiteti, Sevilya universiteti va Almeriya universiteti kiradi.

Xo’sh, nimani kutpaysiz? Hoziroq murojaat qilishni boshlang va xorijda yaxshi imkoniyatlarga intiling.

Shrioshi Gosh maqolasi

Nuriyaxonim Ulug’bek qizi tarjimasi,
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + one =