Joriy yilning 21-25-avgust kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) hamda Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar turizm festivali” o‘tkazilmoqda.
Mazkur festivalda Turkiya Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 100 ga yaqin vakillar ishtirok etmoqda.
Festivalni tashkil etishdan maqsad yurtimizda chiqish va kirish turizmini rivojlantirish, barqaror turizm muammolari va imkoniyatlarini muhokama qilishga tajribali mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilishdan iborat.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.