XITOY KASB-HUNAR KOLLEJI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

20.03.2024

Xitoyning Shitszyachjun fan va texnologiyalar kasb-hunar kolleji vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida uchrashuv tashkil qilinib, qator muhim mavzular muhokama qilindi. Jumladian uchrashuvda, xitoy tili bo‘yicha tarjimonlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, O‘zDJTU talabalariga grantlar ajratish, talabalar amaliyotini ikki ta’lim muassasasida tashkil qilish, shuningdek, talabalar va tadqiqotchilar uchun rus yoki o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha qishki va yozgi maktablarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.