XITOY VA MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGIGA BAG’ISHLANGAN FORUM O’TKAZILDI
17.12.20242024-yil 14-15 dekabr kunlari Xitoyning Gansu provinsiyasida joylashgan nufuzli universitetlardan biri Shimoli-g’arbiy pedagogika universitetida “Markaziy Osiyo va Xitoy o’rtasida gumanitar almashinuv va hamkorlik bo’yicha 7-xalqaro forumi” bo’lib o’tdi.
Xalqaro tadbirning ochilish marosimida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Strategik rivojlantirish va transformatsiya boshqarmasi boshlig’i Dilshoda Xodjimurotova hamda Xitoyshunoslik oliy maktabi katta o’qituvchisi Noiba Valiyeva o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Forumda Xitoy va xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining 100 dan ortiq ekspertlari va olimlari ishtirok etdi. Forum ishtirokchilari Ipak yo’li tsivilizatsiyalari o’rtasidagi almashinuv va o’zaro ta’lim, Xitoy va Markaziy Osiyoning madaniy merosini birgalikda muhofaza qilish va o’rganish, «Bir xalqa, bir yo’l» doirasida tashqi ishlar bilan bog’liq huquq-tartibot masalalarini o’rganish, Markaziy Osiyo tillari va madaniyatlarini o’rganish, mintaqashunoslik fani bo’yicha o’quv adabiyotlarini yaratish kabi mavzularda chuqur muhokamalar bo’lib o’tdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.