XITOY XALQ RESPUBLIKASI TA’LIM VAZIRI O‘RINBOSARI SamDCHTIGA TASHRIF BUYURDI

24.05.2019

2019 yilning 21 may kuni Xitoyning “Xanban” xalqaro  ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari janob Yu Yufeng hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti prorektori Yang Lilar boshchiligidagi 5 kishilik delegatsiya, 22 may kuni esa Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vaziri o‘rinbosari Tyan Syuetszyun boshchiligidagi 7 kishilik delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani SamDChTI rektori I.M.To’xtasinov kutib oldi.

Delegatsiya a’zolariga dastlab SamDChTI qoshidagi Konfutsiy Instituti  tarixi va faoliyatiga oid fotoko‘rgazma namoyish qilindi. Delegatsiya institutda faoliyat yuritayotgan xitoylik mutaxassislar va mahalliy o‘qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatishdi hamda o‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashishdi. “Xanban” xalqaro  tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan zamonaviy o‘quv auditoriyasi “Smart classroom” hamda sinxron auditoriyada tashkil etilgan xitoy tili yo‘nalishi talabalarining darslarini kuzatishdi va talabalar tomonidan o‘zbek tilidan xitoy tiliga qilinayotgan sinxron tarjimalarni tinglashdi. Janob Tyan Syuetszyun va delegatsiya a’zolari talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlarini yuqori baholashdi.

Tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda o‘zaro hamkorlik munosabatlarini kengaytirish, jumladan, SamDChTI qoshidagi Konfutsiy Instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, bakalavriat bosqichida “xitoy tili + turizm” va magistratura bosqichida “xitoy tili + iqtisodiyot” shakllarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamda Shanxay xorijiy tillar universitetining Samarqand shahridagi filialini ochish bo‘yicha takliflar berildi. Takliflar bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borildi va bu boradagi hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

Delegatsiya, shuningdek, SamDChTI akademik litseyida tashkil etilgan xitoy tili yo‘nalishi talabalarining dars jarayoni bilan tanishishdi. Litseyda xitoy tilini o‘qitishni rivojlantirish, hamkorlikda moddiy texnik bazasini boyitishga kelishildi.      

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 + four =