XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA QATOR HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILDI
29.11.2024Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida amaliy xizmat safari doirasida bir qator nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi.
Delegatsiya jahon reytinglarining Top-25 taligiga kiruvchi Sinxua universiteti, Vuxan toʻqimachilik universiteti, Shanxay matbaa va nashriyot kolleji, Changshu texnologiya instituti hamda toʻqimachilik uskunalarini ishlab chiqaruvchi YAMADA korxonasida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muzokaralar jarayonida talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish, qoʻshma laboratoriyalar yaratish, ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim metodlarini joriy etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, Scopus bazasida maqolalar nashr etish va yangi oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.