XITOYDA TA’LIM OLISH UCHUN GRANTLAR AJRATILADI

30.03.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyati hukumati raisi Oʻzbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun stipendiyalar taqdim etish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladilar.

Xitoyda oʻqish uchun nomzodlar maʼlum darajadagi xitoy tilini bilishi talab etiladi. Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uchun til kurslarini tashkil qilinishi mumkinligi ham inobatga olingan.

Birlamchi kelishuvga koʻra, stipendiyalar oʻqish, toʻlovlar va turar joy, sugʻurta mukofotlari (shu jumladan, tibbiy sugʻurta) va yashash xarajatlarining bir qismini qoplashi nazarda tutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 4 =