XITOYLIK TALABALAR O’zDJTUDA “SHARQDAN ESGAN SHAMOL” NOMLI DASTURLARINI TAQDIM ETISHDI

27.09.2019

Bugun, 26-sentabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Shanxay chet tillari universitetining bir guruh talabalari tashrif buyurib, “Sharqdan esgan shamol” nomli badiiy chiqishlarini namoyish etishdi.

Foto: Sergey Alexsandrovich Savchuk-Kurbanov

Ikki universitetning o’zaro hamkorligi doirasida tashkillashtirilgan tadbir kuy-qo’shiq hamda milliy tarona-yu raqslarga boy bo’ldi.

Foto: Sergey Alexsandrovich Savchuk-Kurbanov

Badiiy chiqishlar doirasida “Yasmin” qo’shig’i hamda raqsi, “Bahor keldi Syanjiangga” kuyi, “Yelmoq” qo’shig’i, “Sokin tun” raqsi, “Hilol” qo’shig’i, “Gul nechuk bunchalar qizil” raqsi, “Yelpig’ich gulday ochiladi” raqsi hamda “Yoshlik kuyi” kabi dasturlar namoyish etildi.

Foto: Sergey Alexsandrovich Savchuk-Kurbanov

Tadbir davomida O’zDJTU talabalari Xitoy cholg’u asboblarini ijro qilib ko’rish imkoniyatiga ham ega bo’lishdi.

Foto: Sergey Alexsandrovich Savchuk-Kurbanov

Badiiy dastur barchaga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

Foto: Sergey Alexsandrovich Savchuk-Kurbanov

Manba: uzswlu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + twelve =