XORIJDA DOKTORANTURA VA MAGISTRATURA DASTURLARI DOIRASIDA TA’LIM OLISH UCHUN TANLOV E’LON QILINDI

05.10.2019

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda tahsil olish uchun nomzodlarni saralab olish maqsadida stipendiya tanlovini e’lon qiladi

Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun xalq ta’limi tizimidan nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ro‘yxatga olish boshlandi. 

Xorijda doktorantura va magistratura dasturlari doirasida ta’lim olmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 7 oktyabr soat 18.00ga qadar ma’lumotlarini quyidagi havolada keltirilgan shakl orqali taqdim etishlari lozim.

Stipendiya tanlovi talablari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni https://eyuf.uz/ sayti orqali olish mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + five =