XORIJDA MAGISTRATURAGA KIRISH UCHUN QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?

10.02.2024

E’tiboringizga xorijda magistraturaga qabul qilinish uchun umumiy talablar, kerak bo’ladigan hujjatlar to’plamini havola qilmoqdamiz.

Standart hujjatlar to’plami:

  • Academic baholar yoki diplom (ingliz tilida);
  • Motivatsiya xati;
  • Tavsiya xati (universitet talabidan kelib chiqib 2-3 dona);
  • CV
  • TOEFL yoki IELTS (agar o’qish ingliz tilida bo’lsa);
  • GRE yoki GMAT (matematika va analitik fikrlash bo’yicha bilimlarni tasdiqlash asosan aniq fanlarga asoslangan yo’nalishlar uchun).

Magistraturaga kirish uchun yaxshi akademik (bakalavr darajasi) va chet tilini bilish (TOEFL yoki IELTS) ko’rsatkichlariga qo’shimcha ravishda, abituriyent kasbiy va shaxsiy yetukligini, o’z maqsadlarini aniq tushunganligini ko’rsatishi kerak. Buni motivatsion xat va tavsiyanomalar orqali ko’rsatish lozim.

Agar ariza beruvchi profil bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lsa, unda tavsiyalardan biri unga ish beruvchi tomonidan, ikkinchisi – universitet o’qituvchilaridan biri tomonidan beriladi.

Agar abituriyent hali biror joyda ishlamagan bo’lsa, unda tavsiyalar abituriyent o’qigan universitet  tomonidan beriladi.

Biznesga yo’naltirilgan dasturlar, shuningdek, ba’zilari, GRE yoki GMAT test ballarini topshirishni talab qilinishi mumkin.

Magistraturaga oʻqishga kirish uchun hujjatlar oʻqish boshlanishidan kamida 6-8 oy oldin topshirilishi kerak, ammo aniq sanalar aniq universitet va tanlangan mutaxassislikka bogʻliq.

Qizig’i shundaki, ko’pgina chet el oliy o’quv yurtlari agar abituriyent magistraturaga qabul qilish uchun zarur boʻlgan talablarga javob bermasa, u Magistraturaga tayyorgarlik kursiga yozilishi mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + 6 =