XORIJIY OTM VAKILLARI O’ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

17.10.2019

Bugun, 2019-yilning 17-oktyabr kuni bir guruh xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi.

Ular orasida Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Surrey universiteti (Buyuk Britaniya), Warwick universiteti (Buyuk Britaniya), Sharqiy London universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkentdagi Britaniya Kengashi vakillari, Xorvatiya Britaniya Kengashi, Turkiya Oliy ta’lim sifat Kengashi (THEQC), Gruziyaning  ta’lim, fan, madaniyat va sport vazirligi, Yerevan Davlat universiteti (Armaniston), Armaniston agrar universiteti, Dnepr texnologiya universiteti (Ukraina), KIMEP universiteti (Qozog’iston)dan vakillar bor.

Mehmonlar O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori , professor G’anisher Raximov bilan uchrashdi. Rektor yig’ilganlarga taqdimot qilib, universitet haqida qisqacha ma’lumot berdi. So’ng tomonlar oliy ta’lim sohasida hamkorlik va universitet salohiyatini oshirish kabi bir qator masalalarni muhokama qildilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × 3 =