XORIJIY TALABALAR VA O’QITUVCHILAR BILAN DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI

08.02.2020

2020-yilning 7-fevral sanasida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Chet ellik o’qituvchi va talabalarga bugungi qonunchilikdagi (viza va vaqtincha ro’yhatga olish) o’zgarishlar” mavzusida chet ellik o’qituvchi va talabalar hamda Uchtepa tumani Fuqarolar pasport bo’limi vakili To’laganov Sa’dulla, Toshkent shahar IIB FRB boshlig’i o’rinbosari Xojayev Nizomiddin ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Muloqotni ochib berishda O’zDJTUning Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Alisher Saxibovich Abidjanov ishtirok etdilar va nutq so’zladilar. Yig’ilish davomida tegishli davlat tashkiloti vakillari qonunga kiritilgan o’zgartirish va qulayliklar haqida chet el fuqarolarini tanishtirib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Muloqot davomida Uchtepa tumani Fuqarolar passport bo’limi vakili To’laganov Sa’dulla qonunga kirililgan eng muhim o’zgarishlarni ta’kidlab o’tdilar. Jumladan, ushbu qonunning 1-bandida endi chet el fuqarolari O’zbekistonda qurilayotgan yangi uylarni sotib olganlarida Toshkent shahri va viloyatiga doimiy ro’yhatga olinishlari,3-bandida chet el fuqarosi bo’lgan er-xotinlar O’zbekiston hududida 5 yil yashashmagan bo’lsada, birinchi farzandlari ushbu davlat fuqaroligini olganidan so’ng fuqarolikka ega bo’lishlari, 6-bandida esa davlat tashkilotlariga taklif qilingan hodimlar endi muntazam har yili vaqtinchalik ro’yhatdan o’tmasdan doimiy ro’yhatga qo’yishga ega bo’lganlari haqida nutq so’zladilar.

Bundan tashqari vaqtinchalik turar joy guvohnomasi amal qilish muddatidan kechikkan holda tegishli idoraga muroajat etgan chet el fuqarolari endi eng kam ish haqqining 50 baravardan 100 baravargacha bo’lgan miqdorda jarima emas, o’tkazilgan kun hisoblangan holatda jarima to’lashlari bu esa ular uchun sezilarli darajada yengillatilgani aytib o’tildi.

Yig’ilish yakunida O’zDJTUda ishlovchi o’qituvchi hamda tahsil olayotgan talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 − thirteen =