“XOTIN-QIZLARNING ILM VA INNOVATSIYALAR FORUMI” TASHKIL ETILDI

07.03.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Xotin-qizlarning ilm va innovatsiyalar forumi” tashkil etildi.

Unda 8 ta oliy ta’lim muassasasidan 160 nafarga yaqin talaba-qiz, olima ayollar ishtirok etib, ilmiy va innovatsion ishlanmalar taqdimoti o‘tkazildi.

Eng sara loyihalar bilan ishtirok etgan 8 nafar xotin-qiz Yoshlar akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi. Akademiya a’zolari uchun “Ayollar klubi” tashkil etilishi, bu orqali sohadagi ayollar uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, forum doirasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining 7 nafar g‘olibasi ham taqdirlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan o‘z kasbiga fidoyi va sadoqat bilan mehnat qilgan, salmoqli yutuqlarga erishgan barcha olimalar doim e’tiborda bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × four =