“YANGI O‘ZBEKISTON” MAVZUSIDA MAQOLALAR TANLOVI E`LON QILINDI

14.06.2022

Tegishli vazirlik va tashkilotlar hamkorlikda “Yangi Oʼzbekiston” mavzusida maqolalar tanlovini eʼlon qiladi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Respublika isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichga ko‘tarish borasida belgilangan taraqqiyot strategiyasining maqsad vazifalarini keng yoritish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovini eʼlon qiladi.

edu.uz/uz/news/video

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar 2022-yilning 25-maydan shu yilning 25-iyuliga qadar gazeta va jurnallarda hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi va matbuot nashrlarining rasmiy saytlarida eʼlon qilingan maqolalar bilan ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan joriy yilning 30-iyuliga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

2 ta I o‘rin g‘olibi diplom hamda 6 (olti) million so‘mdan pul mukofoti bilan;

2 ta II o‘rin g‘olibi diplom hamda  4 (to‘rt) million so‘mdan pul mukofoti bilan;

2 ta III o‘rin g‘olibi diplom hamda 2 (ikki)  million so‘mdan pul mukofoti bilan;

Shuningdek, qo‘shimcha 3 (uch) ta rag‘batlantiruvchi o‘rin mualliflari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlov natijalari  ommaviy axborot vositalarida hamda tashkilotchilarning internet sahifalarida eʼlon qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar: +998 95 177 51 57, +998 97 745 35 76

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 1 =