YAPON TILI NOTIQLIK SAN’ATI TANLOVI

07.11.2020

Joriy yilning noyabr oyida O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 28-bor yapon tili notiqlik san’ati tanlovi bo’lib o’tadi.  Har yili o’tkaziladigan ushbu tanlov talabalar o’rtasida o’quv jarayonini rag’batlantirish, notiqlik mahoratini rivojlantirish, shuningdek, Yaponiya va O’zbekiston o’rtasidagi madaniy almashinuvni takomillashtirishga qaratilgan.

Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, O’zbekistondagi yapon tili o’qituvchilari uyushmasi, Yaponiya fondi ko’magida Jahon tillari universiteti va Nagoya universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi ko’magida tashkil etiladi.

Tanlovda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona viloyatining turli OTMlaridan 17 nafar o’quvchi ishtirok etadi. Tanlov qoidalariga ko’ra, ishtirokchilar besh daqiqa davomida erkin tanlangan mavzu bo’yicha yapon tilida chiqish qilishadi, so’ngra yapon o’qituvchilari tomonidan berilgan ikkita savolga javob berishadi. Hakamlar hay’ati tanlov ishtirokchilarini baholashda tanlangan mavzu bo’yicha nutqning ichki mazmuni va o’ziga xosligi bilan bir qatorda tilni bilish darajasi, ritorik iste’dod darajasi inobatga olinadi.

Pandemiya sababli, bu yil tanlov masofaviy tarzda o’tkaziladi, ya’ni ishtirokchilar o’zlarining videolavhalarini oldindan yuboradilar, hakamlar hay’ati ularning chiqishlarini baholaydilar va 21-noyabr kuni tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilinadi. Ushbu tanlovni tashkil etish uchun har yili Yapon tili notiqlik san’ati tanlovining maxsus tashkiliy qo’mitasi qabul qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 5 =