YAPONIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

07.11.2024

2024-yilning 29-oktabr – 1-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyevning Yaponiyaga amalga oshirgan xizmat safari davomida qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, Sh.Daliyev Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT), davlat vaziri – vazirning birinchi o‘rinbosari, Yaponiya Parlament a’zosi Takebe Arata bilan uchrashdi.

Muloqot davomida Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri, Yaponiya Parlament a’zosi Abe Toshiko xonim hamda vazirning birinchi o‘rinbosari, Yaponiya Parlament a’zosi Takebe Aratalarning 2025-yil O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalarida istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif davomida Buxoro shahrida O‘zbekiston-Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining navbatdagi Beshinchi forumini o‘tkazish taklifi berildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × 1 =