YAPONIYA UNIVERSITETLARI BILAN HAMKORLIK OʻRNATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

22.07.2024

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Yaponiyaning Gifu prefekturasi gubernatori Furuta Hajime boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va Yaponiya oliygohlari oʻrtasida  mustahkam hamkorlik oʻrnatilganini, bu boradagi aloqalarni yanada rivojlantirish lozimligini qayd etdilar. 

Oʻzbekistonlik professor-oʻqituvchilarning Yaponiyada stajirovka va malaka oshirish kurslarida muntazam qatnashib kelmoqdalar. Ayni paytda mamlakatimizning 6 ta oliygohida talabalarga yapon tili asosiy taʼlim yoʻnalishi hamda birinchi va ikkinchi chet tili sifatida oʻqitilmoqda. 

Uchrashuvda  transport, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, geologiya, innovatsion texnologiyalar, metallurgiya, energetika, qayta tiklanadigan energiya manbalari texnologiyalari kabi jadal sanoat rivojlanishiga hissa qoʻshadigan sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha  Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish masalasi muhokama qilindi. 

https://gov.uz/edu

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 4 =