YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK MARKAZI (JICE) VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

18.09.2019

17-sentabr kuni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi Birinchi Kotibi, rais o‘rinbosari Yamoto Yoko xonim rahbarligidagi Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi (JICE) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda JDS loyihasi bo‘yicha Boshqaruv komissiyasining Birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, 2020-2021 loyiha yili uchun JDS stipendiyasi loyihasini amalga oshirish jadvalini va nomzodlarni tanlash mezonlarini tasdiqlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda 20 yildan buyon amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan maqsad Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga turli vazirlik va tashkilotlar vakillarini magistraturaga o‘qishga yuborishdan iborat. Loyiha Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz moliyalashtiriladi.

Yig‘ilishda to‘rt bosqichda o‘tkazilib, 2020 yil mart oyida yakunlanadigan tanlovni tashkil etish masalasida fikr almashildi. Tomonlar 2020 yil sentyabrda Yaponiyaga yuboriladigan 15 nafar O‘zbekiston fuqarolarini tanlash tartibini tasdiqlashdi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

ten − two =