YAPONIYALIK MUTAXASSISLAR OʻzDJTUGA TASHRIF BUYURDI

06.03.2019

Bugun, 6-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga yaponiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi.

Yaponiyaning Toyo universiteti professorlari Ishida Xitoshi va Xiraxata Namilardan iborat delegatsiya OʻzDJTU rektori Gʻanisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:

  • Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • Istiqbolda ikki universitet oʻrtasida hamkorlik shartnomasini imzolash;
  • 2020-yil bahorda Toyo universiteti magistrlarini OʻzDJTUda amaliyot oʻtash.

Maʼlumot oʻrnida, mehmonlar Ishida Xitoshi – Yaponiyaning Toyo universiteti adabiyot fakulteti professori, Xiraxata Nami – Yaponiyaning Toyo universiteti adabiyot fakulteti dotsenti hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 5 =