Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 10-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida turizm sanoatini rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Yaponiyaning JTB korporatsiyasi va O’zDJTU tomonidan tashkil qilindi.
Seminar doirasida Yaponiyaning JTB korporatsiyasi vakillari O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet xodimlari bilan uchrashdi.
Mehmonlar Kentaro Xayashi (Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha konsultant); Takayuki Suzuki (Global biznesni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i); Shoko Usui (Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha konsultant) ishtirokidagi bu uchrashuvda tomonlar turizm masalalariga bag‘ishlangan seminar natijalari, turizm yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik masalalari hamda O‘zDJTUda “Karyera markazi”ni tashkil qilish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.