YAPONIYANING NUFUZLI UNIVERSITET DIREKTORI TERMIZDA

02.02.2024

Termiz davlat universiteti rahbariyati rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Yaponiyadagi Takarazuka universiteti xalqaro markazi direktori Junichi Nakamurani qabul qildi.

Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, ushbu hamkorlik ikki oliygoh o’rtasida professor-o’qituvchi va talabalar almashuvi, xalqaro ta’lim dasturlarida hamkrolik, shuningdek, tegishli sohalarda qo’shma ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Termiz davlat universitetida yapon kompaniyalari tajriba va texnologiyalarini joriy etish, yapon tilini oʻqitish markazini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Uchrashuvdan soʻng, mehmonlar talabalarning bilim olishi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan qulayliklar — zamonaviy oʻquv binolari hamda laboratoriyalar, oʻquv va badiiy adabiyotlar, elektron kutubxonalar bilan tanishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + 7 =