“YOSH AVLOD” GAZETASI IJODIY ISHLAR TANLOVINI E’LON QILMOQDA

24.08.2020

«Yosh avlod» gazetasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi” munosabati bilan ijodiy tanlov e’lon qilmoqda.

Tanlovga:

  • O’zbekiston jamoli, tinchlik, o’zbek xalqiga bag‘ishlangan she’rlar;
  • vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi hikoyalar;
  • O‘zbekistonning dunyodagi imijini yaratish bo‘yicha maqolalar;
  • «O‘zbekiston kelajagi mening tasavvurimda» nomli esselar va boshqa istalgan janrdagi ijodiy ishlar;
  • milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz aks etgan rasmlar hamda qo‘l mehnati (milliy liboslar, milliy o‘yinchoqlar, milliy hunarmandchilik buyumlari) surati va qisqa izoh;
  • yurtimiz obidalari aks etgan fotosuratlar, videolar va qo‘shiqlar kabi ijodiy ishlar qabul qilinadi.

Tanlov uchun ishlarni telegramdagi @iwbasia_bot manziliga jo’natish lozim.

Tanlov 1-sentyabrga qadar davom etadi.

G‘oliblar 3-sentyabr kuni e’lon qilinadi. Eng yaxshi ishlar gazetada chop etiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 + two =