YOSH RAHBARLAR UCHUN LEYN KIRKLAND STIPENDIYASI

21.02.2020

Muddati: 1-mart

Qachon: har yili

Qayerda: Polsha

Grant: barcha xarajatlar qoplanadi

Leyn Kirkland dasturi oliy ma’lumotga ega va o‘z mamlakatlari hamda mintaqada demokratiya, iqtisodiyot, jamiyatni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan yosh rahbarlar uchun mo‘ljallangan. Dastur Polshada 2 semestrda o‘qishga mo‘ljallangan va xususiy yoki davlat muassasalarida 2 haftalik amaliyot shaklida taqdim etiladi, – deb xabar qilmoqda «El-yurt umidi» jamg’armasi.

Nomzodlar dasturda ishtirok etish uchun taklif etiladi, ular dastur oxirida o‘z vatanlariga qaytishni rejalashtiradilar va olgan bilimlarini amalda qo‘llashadi.

Dastur quyidagi fanlar bo‘yicha olib boriladi:

-iqtisodiyot va menejment;

-boshqaruv va menejment (biznes, NNT, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat);

-davlat muassasalari boshqaruvi;

-qonun;

-ijtimoiy fanlar;

-siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar;

-jurnalistika;

-rivojlanayotgan siyosat.

Moliyaviy tomonlari:

– universitet darslarida bepul qatnashish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash.

– oyiga 1600 PLN miqdorida stipendiya (10 oy davomida).

Bundan tashqari, dastur (oyiga taxminan 4200 PLN miqdorida) quyidagilarni ta’minlaydi:

 turar joy xarajatlari;

– sug‘urtalash, xususiy klinikalarda davolanish va tibbiy sug‘urta;

– aviachiptalar (belgilangan chegaralar bo‘yicha)

– jamoat transporti uchun haq to‘lash;

– viza uchun to‘lov;

– materiallar va ilmiy qo‘llanmalar sotib olish;

– boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi va seminarlarda qatnashish;

– Polsha til kurslari (oktyabr – iyun).

Talablar

Dasturda kimlar qatnashishi mumkin:

-ekspertlar, siyosatchilar, davlat idoralarida ish beruvchilar;

-tadbirkorlar va menejerlar

-nodavlat tashkilotlari, madaniy tashkilotlar rahbarlari;

-o‘qituvchilar;

– jurnalistlar;

-Ukraina, Belarusiya, Rossiya, Moldova, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari dasturda ishtirok etishi mumkun;

-magistr darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar;

40 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar qatnashishi mumkun;

-kamida 2 yillik ish tajribasi bo‘lishi kerak;

Polsha tilini bilishi;

-ingliz tilini bilish (ingliz tilida tahsil olish Ukraina va Belorusiya fuqarolari bundan mustasno).

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

-ariza;

-2 ta tavsiyanoma (polsha, ingliz yoki rus tillarida);

– magistr diplomi yoki fan nomzodi nushasi.

Hujjatlar skanerdan o‘tkazilishi va elektron manziliga yuborilishi lozim kirkland@kirkland.edu.pl

Dasturga oid barcha savollarni kirkland@kirkland.edu.pl

Dastur haqida batafsil ma’lumotni tashkilotchilar veb-saytidan olishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + 10 =