“YOSH SHARQSHUNOSLARNING V FORUMI” TASHKIL ETILMOQDA

10.03.2021

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharqshunos olim, Xalqaro “Firdavsiy” mukofoti sohibi, adabiyotshunos, f.f.d., professor Shoislom Shomuxamedovning 100 yillik tavalludini munosib nishonlash maqsadida Shoislom Shomuxamedov nomidagi “Yosh sharqshunoslarning V forumi”ni tashkil etmoqda.

Forumda bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talaba va magistrantlar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Forumga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar quyidagi yo‘nalishlardan biriga mos kelishi lozim:

• Sharq tillari va adabiyoti;
• Tarjimashunoslik;
• Sharq xalqlari tarixi va tarixshunoslik;
• Sharq falsafasi va madaniyati;
• Xalqaro munosabatlar;
• Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti;
• Xalqaro turizm;
• Jurnalistika.

Maqolalar joriy yilning 1-apreliga qadar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ilmiy rahbar taqrizi bilan birga yshforum2021@mail.ru pochtasiga jo‘natilishi lozim. Ilmiy rahbar taqrizi mavjud bo‘lmagan hamda rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan maqolalar anjuman to‘plamiga kiritilmaydi.

Forum haqida batafsil ma’lumot uchun: https://tsuos.uz/17585-2/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 1 =