“YOSHLAR ODAM SAVDOSIGA QARSHI!” KREATIV VIDEOROLIKLAR TANLOVI

13.07.2020

BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (UNODC), Tinchlikni tiklash jamg‘armasi (UN Peacebuilding Fund) hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Farg‘ona vodiysi yoshlar ijtimoiy uyg‘unligi uchun” loyihasi doirasida odam savdosiga qarshi kurashish, odam savdosining oldini olish maqsadida “Yoshlar odam savdosiga qarshi!” kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, odam savdosiga qarshi kurashish, uning oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shing va g‘olib bo‘ling!

Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadilar:

1-oʻrin –  Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

2- oʻrin – Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

3- oʻrin – Noutbuk va qimmatbaho sovgʻalar toʻplami;

4-oʻrindan – 10 oʻringa qadar esdalik uchun sovgʻalar.

Tanlov shartlarini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin?

2020-yil 7-iyuldan 25-iyulga qadar uzb.youth@gmail.com elektron pochtasi yoki +998993731006 raqamiga telegram orqali qabul qilinadi.

G‘oliblar 2020-yil 30-iyul Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kunida eʼlon qilinadi. Tanlov haqida batafsil:

https://yoshlarittifoqi.uz/uz/news/6697

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 − 4 =