YUNESKO TALABALAR UCHUN STIPENDIYA DASTURINI E’LON QILDI

30.03.2020

YUNESKO 2020-yil 5-30-oktyabr kunlari Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun stipendiya dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi  ma’lumotlariga tayangan holda edu.uzning rasmiy telegram kanali. Konferensiyada YUNESKOga a’zo davlatlar va rivojlanayotgan davlatlar talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tadbir tili – ingliz tili.

G‘oliblarga 450 AQSh dollari miqdorida stipendiya to‘lanadi, YUNESKO tomonidan yo‘l xarajatlari, tibbiy sug‘urta qoplanadi va boshqa imtiyozlar beriladi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan, ingliz tilini biladigan va 35 yoshdan katta bo‘lmagan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.

Onlayn ariza topshirishning so‘nggi muddati – 2020-yil 3-aprel

Batafsil ma’lumot uchun: http://www.unesco.org/new/en/fellowships/programmes/unescoisedc-co-sponsored-fellowships-programme/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + twelve =