ZAMONAVIY ILMIY-TADQIQOT VA TA’LIM SIYOSATI ORQALI OTMLARNING GLOBAL RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH

26.02.2020

2020-yil 25-fevralda Toshkent shahrida o‘tkazilgan seminar-konferensiyada Respublika oliy ta’lim muassasalarining xalqaro universitetlar reytingidagi o‘rnini yaxshilash va ularning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Oliy ta’lim muassasalarining yetakchi universitetlari va xorijiy davlatlar ekspertlari bilan aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish, shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirishda dunyoning yetakchi ta’lim muassasalari tajribalarini o‘rganish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda 2020-yil 25-fevral kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida respublika oliy ta’lim muassasalarining xalqaro universitetlar reytingidagi o‘rnini yaxshilash va ularning raqobatbardoshligini oshirishga bag‘ishlangan «Zamonaviy ilmiy-tadqiqot va ta’lim siyosati orqali Respublika oliy ta’lim muassasalarining global raqobatbardoshligini oshirish» mavzusidagi II seminar-konferensiya o‘tkazildi.

Seminar-konferensiya ishida oliy ta’lim muassasalarining rektor va prorektorlari, Times Higher Education xalqaro kompaniyasi va xorijiy universitetlarning ekspertlari ishtirok etdi.

Seminarda iste’dodlarni jalb etish va ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga asoslanuvchi xorijiy yetakchi universitetlarining strategiyani shakllantirish tajribasi; universitetlarning rivojlanish dasturini va uni amalga oshirish «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash; oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy jihatdan mustaqilligiga o‘tish va shu bilan bog‘liq ularning raqobatbardoshligini oshirilishi nuqtai nazaridan ustuvorligi; dunyoning ilg‘or olimlari va xorijiy talabalarni jalb etish; xorijiy universitetlarning oliy ta’limni global bozorda olg‘a surishi tajribasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar natijalari bo‘yicha Respublika oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, ularning dunyo universitetlari reytingidagi egallagan o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.

Tadbir doirasida ta’lim dasturlari va universitetlarning tajribasi amalda oliy ta’limni olg‘a surish bo‘yicha xorijiy davlatlar agentliklarining taqdimotlari o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 − ten =