“ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKA: MUAMMOLAR, TAHLILLAR VA NATIJALAR” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA BO’LIB O’TADI

03.07.2020

Farg‘ona davlat universiteti va Research Support Center (Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi) hamkorlikda 2020-yilning 20-iyul kuni “Zamonaviy psixologiya va pedagogika: muammolar, tahlillar va natijalar” mavzusida xalqaro miqyosda ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

2020-yilning 15-iyuligacha bo‘lgan muddatda ilmiy tezislarini o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) rasmiy saytiga elektron ko‘rinishda yuborish lozim: www.e-science.uz/conference_pedagogy

Konferensiyaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tezislar qabul qilinadi: 

  • 1-sho‘ba: Ta’limdagi zamonaviy islohotlarning shaxs psixik taraqqiyotiga ta’siri;
  • 2-sho‘ba: Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari;
  • 3-sho‘ba: Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida ta’lim sifatini oshirish tendensiyalari;
  • 4-sho‘ba: Uzluksiz tarbiya jarayonini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari.

Barcha ilmiy tezislari tahririyat tomonidan anonimlashtirilgan holatda tekshiriladi. Ilmiy tezislarida berilgan ma’lumot uchun mualliflarning o‘zlari javobgar hisoblanadi. 

Konferensiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi.

Onlayn konferensiya 2020-yilning 20-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab “Zoom” platformasi orqali amalga oshiriladi: https://us02web.zoom.us/j/88339966449

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 2 =