THE IMPORTANCE OF BEING EARNEST

May 23, 2019

(Jiddiy bo’lishning ahamiyati)

Oscar Wilde

Translated by: Ismoilova Shaxnoza

I-sahna

Oljenon Monkrifning Londonning Meyfeyr shahridagi xonadonining mehmonxonasi. Leyn kechgi ovqat stoliga taraddud ko’ryapti. Oljenon kiradi.

Oljenon: Leyn, Bleknell xonim tamaddisi uchun sandvichlar tayorladingmi?

Leyn: Ha, janob (ularni Oljenonga kumush patnisda uzatib)

Oljenon (ularga e’tibor bilan qarab, ikkitasini olib, divanga o’tirib): Ha, aytgancha, Leyn, daftaringga ko’zim tushgandi. Payshanba kechasi Lord Shomen va Vosing janob men bilan ovqatlanganda sakkiz shisha shampan ichilgan ekan.

Leyn: Shunday, janob. Sakkiz shisha.

Oljenon: Nima uchun bo’ydoqning uyida xizmatkorlar doim shampan ichishadi? Leyn, men buni faqat qiziqqanligim uchun so’rayapman.

Leyn: Buning sababi bo’ydoqlarning uyidagi shampan yaxshiroq bo’ladi deb o’ylayman. Shuni payqadimki, turmush qurganlarning uyida kamdan kam hollarda yaxshi shampan bo’ladi.

Oljenon: voy hudoyim. Nahotki oila qurish shu qadar dilni hufton qilguvchi bo’lsa?

Leyn: Turmush qurishning yoqimli ekanligiga ishonaman, janob. Lekin hali bu haqda tajribam ko’p emas. O’zim bir marta turmush qurganman va bu men va bir yosh yigitning o’zaro tushunmovchiligi  bilan bo’lgan.

Oljenon (erinchoqlik bilan): Leyn, sening oilaviy hayoting bilan unchalik qiziqmayman.

Leyn: yo’q janob, bu hech ham qiziq mavzu emas. O’zim ham bu haqda o’ylamayman.

Oljenon: chunarli, ho’sh, rahmat senga Leyn. (Leyn ketadi)

Oljenon (o’ziga o’zi): Leynning turmush haqidagi fikri juda sovuqqon. Haqiqatdan ham, agar xizmatkorlar bizga yaxshi o’rnak bo’lmas ekan, ularning zarracha foydasi nima? Ularda odob-ahloq qoidalari yo’qqa o’xshaydi. (Leyn kiradi)

Leyn: Janob O’nist Uosing shu yerda, janob.

[Jek kiradi,Leyn ketadi]

Oljenon: Ahvollaring nechuk, qadrli O’nist? Shaharga qaysi shamollar uchirdi?

Jek: O, albatta o’yin-kulgu! Boshqa nimayam bo’lishi mumkin? Sen esa doimgiday yeyish bilan ovorasan, Olgi!

Oljenon: [juda rasmiy] Yaxshi jamiyatda soat beshlarda yengil tamaddi qilib olish meyoriyligiga ishonaman [meyoriy ovozda]. O’tgan payshanbadan buyon qayerlarda eding?

Jek: [divanga o’tirib] qishloqda.

Oljenon: u yoqlarda senga nima bor?

Jek: [qo’lqoplarini yechib] Shaxarda bo’lganingda, boshqasi ko’ngil hushlik qiladi. Qishloqda bo’lganingda, o’sha boshqasi o’zgalarning ko’nglini chog’ qiladi. Bu juda zerikarli.

Oljenon: sen ko’nglini hush qilgan odamlar kim ekan?

Jek: eh, qo’shnilar, qo’shnilar.

Oljenon: Shropshayr taraflarda yaxshi qo’shnilaring bormi?

Jek: yo’q, ular juda qo’pol. Hech biri bilan gaplashmayman.

Oljenon: Demak, sen ularni juda hursand qilasan [stolga borib, sendvich oladi]. Xullas, Shropshayr sen tug’ilgan joymi? Huddi shunday, qadrdonim. Shuncha piyolalar nima uchun? Bodringli sendvichlarchi? Nega bunchalar isrofgar bo’lib boryapsan? Tamaddiga kim kelyapti?

Oljenon: o,shunchaki Ogesta xola va Gvendolen.

Jek: Naqadar ajoyib!

Oljenon: Ha, lekin Ogesta xola seni ko’rib hursand bo’lmaydi deb qo’rqaman.

Jek: Ho’sh, nima uchun?

Oljenon: og’ayni, Gvendon bilan qilgan noz-karashmalaring nihoyatda uyatli. Gvendolenning noz-karashmalari ham huddi shunday nomaqbul.

Jek: Men Gvendolenni sevib qolganman. Bu yerga uning qo’lini so’rash uchun keldim.

Oljenon: Shaharga ko’ngil hushlik uchun kelgansan deb o’ylovdim. Turmush qurishni esa  taklif biznesi deb nomlagan bo’lardim.

Jek: Senda romantikadan asar ham yo’q!

Oljenon: Men rostdan ham turmush qurish taklifini romantika deb hisoblamayman. Sevib qolishni shunday desa bo’ladi,biroq turmush qurishni taklif qilishda hech qanday romantika yo’q. Kimdir bunga rozilik berar,odatda shunday qilishadi deb ishonaman. Keyin his-hayajonli damlar nihoyasiga yetadi. Ishqiy munosabatdagi eng muhim narsa bu beqarorlik. Men qachondir uylansam, aminmanki, uylanganligim haqida unutaman.

Jek: Senga ishonaman, qadrdon Olji. Ajrim sudi aynan sendaka fikrlovchilar uchun yaratilgan. [Jek sendvich uchun qo’nini uzatadi; Oljenon shu zahotiyoq uni to’xtatadi].

Oljenon: Bu haqda o’ylashdan ma’ni yo’q. Ajrimlar Olloh tomonidan qilinadi. Iltimos, bodringli sendvichlarga tegma. Ular maxsus Ogesta xola uchun buyurtirilgan. [O’zi sendvichdan olib, yeydi]

Jek: Unday bo’lsa nega ularni to’xtovsiz yeyapsan?

Oljenon: Buni farqi bor. U mening xolam. [Jekka boshqa taomni taklif qilib] Yog’ surilgan nondan ye. Ular Gvendolen uchun. U yog’ surilgan nonni yaxshi ko’radi.

Jek: [Yog’ surilgan nondan olib] bular ham juda mazali.

Oljenon: yaxshi, do’stim, ularni barchasini yeyishing shart emas. Sen o’zingni go’yoki Gvendolenga allaqachon uylanganday tutyapsan. Lekin aslida uylanmagansan va qachondir shunday bo’ladiyam deb o’ylamayman.

Jek: Bu gapni qayoqdan olding?

Oljenon: yaxshi, birinchidan, qizlar hech qachon noz-karashma qilib yurgan yigitlariga turmushga chiqmaydilar. Ular buni maqbul ish deb hisoblamaydilar.

Jek: O, bu safsata!

Oljenon: unday emas, bu haqiqat. [Yana ikkita sandvich olib] Shuning uchun ham bo’ydoqlar soni juda yuqoriligini payqash mumkin. Va ikkinchidan, men rizolik bermayman!

Jek: Rizolik?

Oljenon: Gvendolen mening amakivachcham. Unga uylanishingga ruxsat berishimdan avval Sesayli bilan bog’liq masalani aniqlashtirib berishing lozim. [Oljenon qo’ng’iroqni chaladi]

Jek: Sesayli? nimalar deyapsan, Olji? Men Sesayli ismli hech kimni tanimayman.

[Leyn kiradi]

Oljenon: Leyn, janob Uosing menga oxirgi marta bu yerda ovqatlanganida qoldirgan sigareta qutisini olib kel.

Leyn: ho’p, janob. [Leyn ketadi, Oljenon oxirgi bodrigli sandvichni oladi].

Jek: shuncha paytdan buyon u sendamidi? Menga aytsang bo’lardi. Bu haqda politsiyaga xatlar yozayotgandim.Katta mukofot taklif qilishimga bir bahya qoludi.

Oljenon: Katta mukofot taklif qilishingni xohlardim. Hozirda men juda kambag’alman.

Jek: uni topgan ekansan, mukofot taklif qilishga hojat yo’q.

[Kumush patnis ustida sigareta qutisi bilan Leyn kirib keladi. Oljenon uni zudlik bilan olgach, Leyn ketadi].

Oljenon: ta’kidlashim joizki, bu sening hasisligingdan, O’nest. [qutini ochib, uni ko’zdan kechirib]. Biroq, buning ahamiyati yo’q. Mana hozir ichidagi yozuvni o’qib, uni seniki emasligini tushundim.

Jek: bu meniki, albatta. [Oljenon tarafga yurib] meni bu  bilan yuz marta ko’rgansan va ichida nima yozilganini o’qimasliging lozim edi. Birovning sigareta qutisini o’qish o’ta odobsizlik.

Oljenon: O, nimani o’qish kerak kerak emasligi haqida qoidalar borligi naqadar kulgili. Zamonaviy madaniyatning ko’pi o’qimaslik kerak bo’lgan narsani o’qishga bog’liq.

Jek: buni bilaman va zamonaviy madaniyatni muhokama qilish niyatim ham yo’q. Men shunchaki, o’z narsamni qaytib olmoqchiman.

Oljenon: Ha,ammo bu seniki emas. Bu quti Sesayli ismli qizdan sovg’a. Sen esa bunday ismli qizni tanimasligingni aytding.

Jek: bilging kelayotgan bo’lsa, yaxshi, Sesayli mening xolam.

Oljenon: xolang?

Jek: ha, u maftunkor keksa xonim. Olji, uni qaytarib ber.

Oljenon: [divan ortiga yurib] agar u xolang bo’lsa, nega o’zini kichik Sesayli deb nomlagan? [o’qib] ‘muhabbat ila kichik Sesaylidan’

Jek: [divanning old tomoniga tizzalab] Qadrdonim, bazi xolalar uzun bo’yli, bazilari  aksincha bo’ladi. Xolam bu yerda o’zining bo’yi haqida yozgan. Sen hamma xolalar xolang Bleknell xonim kabi bo’lishi kerak deb o’ylaysan chog’i! Bu kulgili. Endi sigareta qutimni ber. [Xona bo’ylab Oljenonga ergashib]

Oljenon: ha, lekin nima uchun xolang jiyanini amakimga deb nomlagan?[O’qib] kichik Sesaylidan muhabbat ila qadrli amakim Jekka’. Xolaning kichik bo’lishiga e’tirozim yo’q, biroq bo’yidan qat’i nazar nima sababdan xolang o’z jiyanini amaki deb atayapti? Tushunmadim. Isming ham Jek emas, O’nist.

Jek: O’nist emas, Jek.

Oljenon: sen doim ismingni O’nist deb aytgansan. Hammaga seni shu ism bilan tanishtirganman. Sen bu ismga javob berasan. Sen men umrimda uchratgan eng jiddiy ko’rinishli insonsan. Endi esa isming bunday emasligini aytishing juda kulgili. Bu hatto tashrif qog’ozingdayam shunday. Mana bittasi. [Qutidan olib] janob O’nist Uosing, B. Isming O’nistligini isboti sifatida buni saqlab qo’yaman. Buni menga, Gvendolenga yoki boshqa birovga inkor qilishga urinib ham ko’rma [kartani cho’ntagiga solib].

Jek: Yaxshi, ismim shaharda O’nist, qishloqda Jek, quti esa menga qishloqda berilgan.

Oljenon: bu kichik xolang seni amaki deb chaqirishiga tushuntirish bo’la olmaydi. Qadrdonim, menga hammasini aytsang yaxshi bo’lar edi. Marhamat, davom et. Doim seni sirli Benberist deb gumon qilardim va hozir bunga amin bo’ldim.

Jek: Benberist? Bu bilan nima demoqchisan?

Oljernon: Menga nima sababdan  shaharda Jek, qishloqda O’nistligingni aytsang, Benberistning ma’nosini aytaman.

Jek: Yaxshi, avval menga sigareta qutisini ber.

O’ljernon: Mana. [Jekka sigareta qutisini uzatib] Endi menga aql bovar qilmas darajagi tushuntirishingni ayt. [Divanga o’tirib]

Jek: Qadrli do’stim, mening tushuntirishimda aql bovar qilmas darajadagi hech narsa yo’q. Aslida bu judayam oddiy. Men bir  Tomas Kadyu ismli  sahiy qari kishi tomonidan tarbiyalanganman. Men kichkina bola bo’lgan paytimda u meni asrab olgan va o’zining vasiyatida meni nabirasiga qo’riqchi qilib tayinlagan. Sesayli mening vasiyligimda va sen buni tushunmasang-da, u meni hurmat qilgani uchun amaki deb chaqiradi! Sen hurmat nimaligini bilmaysan. U qishloqda mening uyimda yashaydi va ajoyib qarovchisi bo’lgan Prism honim tomonidan g’amxorlik qilinadi.

Oljernon: Aytgancha, qishloqdagi uying qayerda edi?

Jek: Buni sen uchun ahamiyati yo’q, qadrdonim! Seni u yerga taklif qilish niyatim yo’q…lekin shuni vijdonan aytishim mumkinki, uy Shropshayrda emas.

Oljernon: Buni tahmin qildim,qadronim! Men ikki marotabala butun Shropshayrda Benberlik qilganman. Endi davom et. Nima uchun shaharda O’nist, qishloqda Jeksan?

Jek: Qadrli Olji ,sen buni tushunasanmi yo’qmi bilmadim. Sen unchalik  jiddiy odam emassan. Senga buni tushuntirishga harakat qilaman. Men mas’uliyatli qo’riqchiman, shunday ekan,qishloqda hamma vaqt o’zimni yaxshi tutishim kerak. Bu mening burchim. Lekin bu sog’ligim va baxtim uchun u qadar  yaxshi emas. Shu sababli,men qishloqni tashlab, shaharga kelishni xohlasam, o’zimni O’nist ismli ukam borday tutaman. Hammaga uni Albanyada yashashi va u eng daxshatli muammolarga uchrashini aytaman. Mana bu, qadrli Olji, haqiqat.

Oljernon: Sen Benberistsan! Seni shunday ataganimda haq bo’lgan ekanman. Sen men bilgan Benberistlarning  eng ilg’orisan.

Jek: Nimalarni nazarda tutyapsan?

Oljernon: O’nist ismli uka kashf qilib, sen shaharga tez-tez, xohlagan paytingda kelasan. Men xohlagan paytimda qishloqqa bora olishim uchun Benberi ismli nogironni kashf qildim. Men unikiga boradiganday o’zimni tutsam, buni Benberlik deb atayman. Hayolidagi odamnining uyiga boruvchilarni Benberist deb atayman. Benberilik juda foydali. Masalan, agar Benberining sog’ligi juda yomon bo’lmaganda edi, bugun kechki ovqatni sen bilan qilaolmagan bo’lardim. Men uni Ogesta xola bilan qilgan bo’lardim.

Jek: Sendan men bilan ovqatlanishni so’ramagandim

O’ljernon: Bilaman. Taklifnomalar yuborishda sen ehtiyotkor emassan. Bu ahmoqonalik. Odamlarni taklifnoma olmaslikchalik hech bir narsa bu qadar  ranjitmaydi.

Jek: Ogesta xolang bilan ovqatlanishing kerak.

Oljernon: Bunday niyatim yo’q. Birinchidan u bilan dushanba kuni kechki ovqatni tanavvul qilgan edim va haftada bir kun qarindoshlar bilan o’tkazish uchun yetarli. Ikkinchidan Ogesta xola ovqat paytida meni yo ikkita ayol bilan gaplashtiradi yoki umuman hech kim bilan. Uchinchidan, bugun kechga meni ovqat stoli oldida doim  turmush o’rtog’i bilan noz-karashma qilib o’tiradigan Mari Fakua honimning yonidan joy beradi.Bu naqadar yoqimsiz. Aslida hurmatga sazovor ayollar o’zlarini bunday tutmasliklari lozim…biroq ko’pchilik ayolar shunday qilishadi. O’zlarining turmush o’rtoqlari bilan noz-karashma qiladigan ayollarning soni Londonda daxshatli darajada. Bu bemanilikdek ko’rinadi. Yaxshi, endi sening Benberistligingni bilaman, sen bilan Benberlik haqida suhbatlashmoqchiman. Senga qoidalarni aytmoqchiman.

Jek: Men Benberist emasman. Agar Gvendolen menga turmushga chiqishga rozi bo’lsa, men ukam haqidagi yolg’onga chek qo’yaman. Aslida, men baribir shunday qilaman. Kichik Sesayli unga juda qiziqib qolgan. Shuning uchun ham men O’nistdan qutulmoqchiman. O’ylaymanki, sen ham janob…bemani ismli nogiron do’stingdan qutulishing kerak.

Oljernon: Hech narsa meni undan qutulishmga majbur qilolmaydi. Agar sen qachondir uylansang, Benberini bilganingdan mamnun bo’lasan. Benberini bilmasdan uylangan kishining turmushi juda zerikarli bo’ladi.

Jek: Bu ahamiyatsiz. Agar Gvendolen kabi maftunkor qizga uylansam, Benberi haqida bilishga hojat qolmaydi.

Oljernon: U holda ayoling u haqda bilishni xohlaydi. Sen turmushda uch kishi jamoa, ikki kishi esa hech kimligini tushunmaysan.

Jek: Kinoyali bo’lishga harakat qilma. Kinoyali bo’lish juda oson.

Oljernon: Qadrli do’stim,shu kunlarda bundan boshqacha bo’lish oson emas. Raqobat esa juda kuchli.[Eshik qo’ng’irog’ining ovozi uzoq vaqt chalindi] ha, bu Ogesta xola bo’lsa kerak. Faqat qarindoshlar qo’ng’iroqni shunday chalishadi. Sen Gvendolenning qo’lini so’rashing uchun hozir uni o’n daqiqaga xonadan olib chiqaman, shunday qilib, kechgi ovqatni birga tanavvul qilamiz, shundaymi?

Jek: Agar shuni xohlasang, mayli.

O’ljernon: Yaxshi.

[Leyn kiradi]

Leyn: Bleknell  va Feifeks xonimlar shu yerda,janob.

[Oljernon ular kutib olish uchun yuradi. Bleknell xonim va Gvendolen kirib kelishadi.

Bleknel xonim: Hayrli kun, Oljenon. Umid qilamanki, odobli bola bo’lib yuribsan.

Oljernon: O’zimni yaxshi his qilyapman, Ogesta xola.

Bleknel xonim: O’zini yaxshi his qilish bilan, o’zini yaxshi tutishning farqi bor. Aslida, ikkalasi boshqa-boshqa  tushunchalar.

Oljenon: [Gvendolenga] Ko’rinishing ajoyib!

Gvendolen: Har doimgidek, shunday emasmi, janob Uosing?

Jek: Mukammalsiz, Feifeks xonim.

Gvendolen: O, umid qilamanki, mukammal emasman. Shunday bo’lganimda rivojlanish uchun hojat qolmasdi, men esa har sohada rivojlanishni xohlayman.

[Gvendolen va Jek xonaning bir burchagiga o’tirishadi].

Bleknel xonim: Biroz kechikkan bo’lsak uzr so’rayman, Oljenon, Haberi xonimnikiga borishimga to’g’ri keldi. Uni bechora eri olamdan o’tganidan beri ko’rmadim. U juda o’zgaribdi. Yigirma yilga yosharganday ko’rinadi. Endi bir piyola choy ichib, sen va’da qilgan bodringli sendvichdan yeyman.

Oljenon: Albatta, Ogesta xola. [Stol oldiga kelib]

Bleknel xonim: Gvendolen, bu yoqqa kelib o’tirsangchi?

Gvendolen: Tashakkur, oyi, bu yerda judayam qulay o’tiribman.

Oljenon: [Qo’rquv bilan sendvichning bo’sh idishini oldi. Voy Hudoyim, Leyn! Nega bu yerda  bittayam bodringli sendvich yo’q? Men ularni maxsus buyurtirgandim.

Leyn: [Jiddiy] Bugun ertalab do’konda bodring qolmagan ekan, janob. Ikki marotaba borib keldim.

Oljenon: Qolmabdi?

Leyn: Shunday janob.

O’ljenon: Rahmat, Leyn, ketishing mumkin.

Leyn: Rahmat, janob. [Ketadi]

O’ljenon: Ular yo’qligidan hafaman, Ogesta xola.

Bleknel xonim: Hech qisi yo’q, Oljenon

Haberi xonim bilan yog’li non yegan edik.

Oljenon: Eshitishimcha, qayg’udan uning sochlari oqaribdi.

Bleknel xonim: sochlarining rangi, shubhasiz, o’zgargan. Nima sababdanligini bilmayman, albatta. [O’ljenon unga choy uzatadi]. Rahmat. Kechgi ovqatga sen uchun ajoyib sovg’am bor, O’ljenon. Seni Meri Faqua bilan yonma-yon o’tqizmoqchiman. U judayam yaxshi ayol va turmush o’rtog’iga nisbatan biram iltifotli. Ularni tomosha qilish  nihoyatda zavqli.

Oljenon: Buni eshitib kechga sizlar bilan ovqatlana olmayman deb qo’rqaman, Ogesta xola.

Bleknel xonim: [Ho’mrayib] Umid qilamanki, unday bo’lmaydi, Oljenon. Sen bo’lmasang kechgi stolda o’n uch kishi qoladi. Bu omadsizlik belgisi. U holda amaking tepa qavatda ovqatlanishiga to’g’ri keladi. Afsuski, ko’p hollarda shunday bo’ladi.

Oljernon: Mening ham hafsalam pir bo’ldi, lekin bechora Benberi do’stimning yana betobligi haqida telegramma oldim. [Jekka qarab tezda jilmayib] Uning yonida bo’lishim kerakligini yozishibdi.

Bleknel xonim: bu juda g’alati. Janob Benberi og’ir kasallikdan aziyat chekayotganga o’xshaydi.

Oljernon: Haqiqatdan ham shunday. U abadiy nogiron.

Bleknel xonim: Yaxshi,Oljenon, o’ylashimcha janob Benberi hayot yo mamotdan birini tanlash vaqti keldi. Men nogironlarga achinmayman. Kasallik boshqalar tomonidan qo’llab quvvatllanmasligi kerak. Har kim sog’lom bo’lishi kerak. Janob Benberidan shanba kuni kasal bo’lmay turishini so’ray olasanmi? Bir bazm uyushtirmoqchiman va unda sen musiqa tashkilotchisi bo’lishingni istayman. Odamlar bazm mobaynida musiqa haqida suhbatlashadi va men bu haqda ularni gapirishga undamoqchiman, aniqsa hozir Londonda faslning oxiri va ularda suhbatlashishga deyarli mavzu qolmagan.

Oljenon: Agar u hushiga kelgan bo’lsa, men bu haqda Benberi bilan gaplashib ko’raman, Ogesta xola. O’ylashimcha, shanbagacha u tuzalib qoladi,deb va’da berolaman. Musiqa muammo, albatta. Bilganingizdek, agar yaxshi musiqa chalinsa, hech kim uni tinglamaydi, yomonidan chalinganda odamlar u haqda gapirishmaydi. Agar bir daqiqaga musiqa xonaga kelsangiz, tanlab qo’yganlarim bilan tanishasiz.

Ogesta xola: Barakalla, Oljenon, juda g’amxo’rsanda.

[Bleknel xonim va Oljenon musiqa xonasiga ketishadi, Gvendolen qoladi]

Jek: ajoyib kun bo’ldi, Feifeks xonim.

Gvendolen: Iltimos, ob-havo haqida gapirmang, janob Uosing. Odamlar menga ob-havo haqida gapirishsa, ularning boshqa nimanidir nazarda tutayotganiga amin bo’laman va asabiylasha boshlayman.

Jek: men ham boshqa narsani nazarda tutyapman.

Gvendolen: men  ham shunday o’yladim. Men hecham adashmayman.

Jek: Bleknel xonim xonadan bo’lmaganidan foydalanib, siz bilan ‘boshqa narsa’ haqida gaplashmoqchiman.

Gvendolen: unday bo’lsa tezda gapiring. Oyim odatda xonaga tez qaytib keladi.

Jek: [asabiy] Feifeks xonim,sizni uchratganimdan buyon har qanday qizga qaraganda ko’proq sevib qoldim…..uchratganimdan buyon…sizni uchratganimdan buyon.

Gvendolen: ha, bundan juyam yaxshi habarim bor. Hatto sizni uchratishimdan oldin, men sizni maftun qilganman. [Jek unga taajjublanib qaraydi].

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × 3 =