5 TASHABBUS IJROSIGA BAG’ISHLANGAN BRIFING BO’LIB O’TDI

26.12.2019

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo‘yicha Implementatsiya strategiyasini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ijrosiga bag‘ishlangan Brifing bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy sohalarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu tashabbusning eng birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atga qiziqishini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

2019-yilning 30-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo‘yicha implementatsiya strategiyasini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlangan bo‘lib, rejaning 9-10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan “Rassom ustaxonasida mehmonda” hamda “O‘zbekiston manzaralari” aksiyasi yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha bo‘yicha respublikamiz hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumta’lim maktablar o‘quvchilari va turli sohalardagi oliy ta’lim talabalari uchun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo taniqli ustoz ijodkorlar, akademik rassomlar ishtirokida mahorat darslari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar o‘tkazildi. Mahorat maktablari yo‘lga qo‘yildi. Loyiha amaliyotga tatbiq etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, uni amalga oshirishga hayrixohlik bildiruvchilar soni ortib bormoqda. Misol uchun, oktyabr oyida ishtirokchilar 280 nafar ( 10 % nomutaxassislar), noyabr oyida 493 nafar (49 % nomutaxassislar) loyihada ishtirok etgan bo‘lsa, dekabr oyiga kelib 520 nafar (70% nomutaxassislar)ni tashkil etgan.

25-dekabr kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi anjumanlar zalida mazkur aksiyaning 2019-yildagi sarhisobiga bag‘ishlangan Brifing bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Nuridinov Akmal Vahobjanovich joriy yil sarhisobi bo‘yicha nutq so‘zladi. Unda davlatimiz rahbariga amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, viloyat hokimlariga murojaat qilib, sohadagi ijobiy o‘zgarishlarni va ayni damda kamchiliklarni ham sanab o‘tdi. Har ikki loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Samarqand viloyatini alohida e’tirof etdi.

Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi,
O’zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti
I bosqich talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen − one =