ADIBLAR XIYOBONIDA “MILLIY QADRIYATLAR SAYLI” O’TKAZILMOQDA

23.04.2024

Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, Q.Sharipov oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlarini tomosha qildi.

Tadbirda talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi, gʻazal va sheʼrlar aytiladi, kuy-qoʻshiqlar jaranglampqda, qolaversa, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etilmoqda.